Rossiyada istiqomat qiluvchi o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashishga 20 million dollar mablag‘ o‘tkazib berdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali efirida ma’lum qilingan.

Foto: “RBK”

Ushbu pullar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga o‘tkaziladi.

Xabarga ko‘ra, pullar Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi karantin uchun maxsus kasalxonani tibbiyot asbob-uskunlari bilan ta’minlashga sarflanadi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonovning Toshkentdagi uyida o‘z-o‘zini ijtimoiy izolyatsiya qilgan. Avval Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bir kunlik ish haqini “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga o‘tkazib bergani xabar qilingandi.