18:35, 31.03.2020 // 52461

Karantin madaniyati. Deraza, balkon va tom ustidagi odamlar — suratlarda

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan e’lon qilingan karantin butun dunyo odamlarini uyda o‘tirishga majbur qilmoqda. Reuters dunyo aholisi karantinni qay tarzda o‘tkazayotgani aks etgan suratlarni taqdim etdi.

Hindistonning Ahmadobod shahrida koronavirusga chalinganlarning sog‘ayib ketishini tilab duo qilayotgan odamlar.           Foto: Reuters

Ispaniyaning Barselona shahrida yashovchi 37 yoshli havaskor pianinochi uyi balkonidan turib qo‘shnilari uchun musiqa chalib bermoqda.                                                                                                                                                                                                             Foto: Reuters

Janubiy Afrikaning Keyptaun shahrida politsiya uyiga qaytishni buyurayotgan odamlarga qarab turgan keksa kishi.                Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning London shahrida yashovchi to‘qqiz yoshli Yeva karantin e’lon qilinganidan so‘ng uyi derazasidan ko‘chaga qaramoqda.                                                                                                                                                                                                           Foto: Reuters

Germaniyaning Berlin shahridagi uylardan biri balkonidagi “Eng yaxshi malham bu muhabbatdir” deb yozilgan peshlavha.

Foto: Reuters

Fransiyaning Parij shahrida xonanda Stefan Seneshal balkonda turib qo‘shiq ijro etmoqda.

Foto: Reuters

AQShning Kaliforniya shtati gubernatori aholidan uyda qolishni so‘raganidan ikki kun o‘tganidan so‘ng sozanda Denni Vertxaymer qo‘shnilari uchun kuy chalib bermoqda.

Foto: Reuters

DJ va prodyuser Nesh Petrovich Nyu-York shtati Bruklin shahridagi uyi tomidan jonli efir uyushtirmoqda

Foto: Reuters

Hindistonning Ahmadobod shahri aholisi koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarini olqishlamoqda.

Foto: Reuters

Koronavirus keng tarqalayotgan paytda Germaniyaning Gamburg shahrida ochiq deraza oldida o‘tirgan er-xotin.

Foto: Reuters

Chexiyaning Praga shahrida yashovchi erkak yuziga niqob taqqan holda derazadan tashqariga qarab turgan itiga yaqinlashmoqda.

Foto: Reuters

Urugvaylik violonchelchi Karina Nunyes koronavirus tarqalgani munosabati bilan e’lon qilingan karantin tufayli uylarida qolgan odamlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etish uchun musiqa chalmoqda.

Foto: Reuters

Belgiyaning Bryussel shahrida odamlar o‘rtasida masofa saqlash muhimligi e’lon qilinganidan so‘ng Anderlext kommunasidagi uyi balkonida turgan mahalliy aholi vakillari

Foto: Reuters

Ispaniyaning Madrid shahrida e’lon qilingan karantinni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har kuni kechqurun uyi balkonidan konsert tashkillashtirayotgan ispaniyalik qo‘shiqchi Beatris Berodia.               Foto: Reuters

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida koronavirus infeksiyasi keng tarqalgan paytda qo‘shnilari uchun kuy chalib berayotgan musiqachilar Sofiya Chekkato va unin turmush o‘rtog‘i Saymon Bexemin.

Foto: Reuters

AQShning Vashington shtati Sietl shahrida karantin vaqtida uyi balkonida raqsga tushayotgan erkak.

Foto: Reuters

Italiyaning Rim shahrida koronavirus tarqalishi avjiga chiqqan, odamlar uyidan tashqariga chiqa olmayotgan sharoitda sport murabbiyi Antonietta Orsini qo‘shnilari uchun balkondan turib mashg‘ulot o‘tmoqda.

Foto: Reuters

Ispaniyaning Madrid shahrida 15 kunlik favqulodda holat e’lon qilinganidan so‘ng Plaza Mayor maydonidagi uyi tomida o‘tirgan ayol.

Foto: Reuters

Venesuelaning Karakas shahridagi uy tomida turgan odamlar.

Foto: Reuters

Kiprda ilk marta koronavirusdan o‘lim holati qayd etilganidan so‘ng Nikosiya shahridagi uy tomida turgan erkak.

Foto: Reuters

Isroilning Modin shahrida koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash tashabbusi doirasida balkondan turib, chapak chalayotgan odamlar

Foto: Reuters

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv