Moskva hukumati izolyatsiya vaqtida fuqarolarning harakatini kuzatishga mo‘ljallangan qurilmalarni xarid qildi, biroq hali undan to‘liq foydalanishni boshlagani yo‘q. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Kommersant” nashri xabar berdi.

Foto: “Kommersant”

Poytaxt meriyasi foydalanayotgan yuzni tanish tizimi NtechLab texnologiya bazasida ishlaydi, biroq undan qisman foydalanish mumkin. “Karantin qoidalarini buzayotganlarni kuzatish ishlarining aksar qismini qo‘lda bajarishga to‘g‘ri kelmoqda”, — deydi suhbatdosh.

Taxminlarga ko‘ra, tizimga karantin qoidalarini buzgan, COVID-19 bilan yengil kasallangan hamda uyda davolanayotganlarning suratlari yuklanadi. “Tibbiyot niqobi tizimning ishlashiga xalaqit qilmaydi: u inson yuzining 40 foizi yopiq bo‘lsa-da, taniy oladi”, — deyiladi xabarda.

Moskvaliklarning barchasi monitoring tizimiga yuklanmaydi. “Shaharning quvvat va texnik jihatdan hech qanday muammosi yo‘q, lekin bu mojarolarga chora ko‘rish tomonidan aqlli qaror emas”, — deydi suhbatdosh.

Poytaxt hukumati, videokuzatuv tizimi bilan uyali aloqa operatorlarning ma’lumotlaridan foydalanishni ham rejalashtirmoqda.

30-mart kuni Moskva meri Sergey Sobyanin fuqarolarning harakatini kuzatishga mo‘ljallangan nazorat tizimi hafta oxiriga borib ishga tushirilishini ma’lum qilgandi.

Avvalroq AQShda koronavirus sabab fuqarolarning harakat marshrutini ularning smartfonlari orqali kuzatish boshlangani haqida xabar berilgandi.