30-mart, dushanba kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Moskvaning barcha aholisi uchun uy sharoitida izolyatsiyalanish rejimi joriy etildi. Karantin sabab shahar ko‘chalari bo‘shab qoldi.

Foto: “Interfaks”

Uxandagi turar joy majmuasida sartarosh mijozning sochini turmaklamoqda.

Foto: Reuters

Hindistonning Lakxnau shahrida 21 kunlik karantinni o‘z qishlog‘ida o‘tkazgani ketish uchun avtobusga chiqishga tayyorlanayotgan ishchi migrantlar dezinfeksiya qilinmoqda.

Foto: Reuters

AQShning Luisvill shahridagi bog‘da basketbol o‘ynayotgan bola. Koronavirus xavfi tufayli shahardagi barcha bolalar maydonchalari maygacha yopilgan.

Foto: Getty Images

Toshkent shahrining Maxtumquli ko‘chasida aholini karantin qoidalaridan, yangiliklardan xabardor etib ketayotgan YPX mashinasi. 30-martdan e’tiboran maxsus stikersiz avtomobilda harakatlanish taqiqlangan.

Foto: “Daryo”

Fransiyaning Nant shahrida o‘z uyining balkonida fitnes-instruktor ko‘rsatmalariga muvofiq mashq qilayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Mali poytaxti Bamakoda saylov komissiyasi a’zosi ovozlarni hisoblash uchun qutini ochmoqda. Maliliklar mamlakatda koronavirus tufayli ilk o‘lim holati qayd etilganidan bir necha soat o‘tib parlament saylovida ovoz berdi.

Foto: AFP

Meksikaning Monterrey shahrida bolalar maydonchasi dezinfeksiya qilinmoqda.

Foto: Reuters

Bangladeshda karantin e’lon qilinganidan so‘ng deyarli bo‘sh ko‘chalardan ketayotgan niqobdagi ikki erkak.

Foto: PA Media

Ispaniyada ko‘cha artistlari karantinning 15-kunida qo‘shnilarini musiqa bilan xushnud etishda davom etmoqda. Suratda Freddi Merkyuri obrazidagi qo‘shiqchi Galisiyadagi uyi hovlisida chiqish qilmoqda.

Foto: EPA

Londondagi metro bekatida poyezd kelishini poylayotgan yo‘lovchilar.

Foto: AFP

Kobulda volontyorlar ko‘chalar va do‘konlarni dezinfeksiya qilmoqda.

Foto: Reuters

Fransiyada karantin vaqtida qora uy mushugi derazaning narigi tomonidagi mushukka qarab turibdi.

Foto: Reuters

Florida shtatida odamlar ijtimoiy masofalanishni ta’minlagan holda avtokinoteatrda “Olg‘a” animatsion filmini tomosha qilmoqda.

Foto: Reuters

Parijda sotilmay qolgan lolalar yo‘q qilindi.

Foto: EPA

Uelsdagi regbi stadioni koronavirus bilan kasallanganlarni qabul qiluvchi vaqtincha shifoxonaga aylantirildi.

Foto: PA Media

JARda 21 kunlik karantin e’lon qilindi. 13 yoshli bola saksofon chalayotgan paytda uning qo‘shnisi devor ustidan qarab turibdi.

Foto: Reuters

Xitoyda o‘quvchilar asta-sekin maktabga qaytmoqda.

Foto: AFP

Rio-de-Janeyrodagi Kopakabana plyajida Iso haykaliga niqob taqib qo‘yildi.

Foto: Reuters

Vladimir Putin Rossiya prezidentining federal okruglardagi vakolatli vakillari bilan onlayn yig‘ilish o‘tkazib, koronavirus atrofidagi vaziyatni muhokama qildi.

Foto: Kreml

Irlandiya poytaxti Dublindagi yopiq restoran eshigi oldida yotgan uysiz erkak.

Foto: Reuters

Gvatemalada politsiyaning musiqiy guruhi karantin vaqtida ko‘chalarda odamlar uchun musiqa chalmoqda.

Foto: Reuters

Venesuelaga Xitoydan gumanitar yordam va mutaxassislar keldi.

Foto: AP Photo