COVID-19 bilan kasallangan insonlarning har beshtadan bittasi boshqa turdagi respiratorli virus bilan ham kasallanadi. Bu haqda AQShdagi Stenford universitetining tibbiyot markazi mutaxassislari ma’lum qildi. Shu orqali ular o‘tkir respirator virusli infeksiya bilan kasallangan odam koronavirusga chalinmaydi, degan farazni yo‘qqa chiqardi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: NIAID-RML

Bundan tashqari, respirator kasalliklar alomati bilan tez yordam bo‘linmalariga olib kelingan har o‘n nafar bemorning bir nafari COVID-19’ni yuqtirib olgani bo‘lmoqda.

Avvalroq italiyalik virusolog Roberto Burioni pandemiya kunlar isishi bilan yo‘qolib ketishini ma’lum qilgandi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, virusga qarshi kurashda faqatgina ba’zi davlatlar tomonidan joriy qilingan cheklovchi choralar samarali.

2019-yilning oxirida Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan koronavirus pandemiyasi dunyoning 177 dan ortiq davlatiga tarqaldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 785 ming kishidan oshgan, vafot etganlar soni esa qariyb 38 ming kishiga yaqinlashib qolgan. AQShning o‘zida kasallar soni 160 ming kishidan oshib ketdi. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 158 kishiga yetdi.