Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan 1-aprel soat 09:00 holatiga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 17 668 ta holat aniqlanganini ma’lum qildi. Bular:

  • Toshkent shahri – 3 093 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 2 179 ta;
  • Toshkent viloyati – 1 809 ta;
  • Samarqand viloyati – 1 767 ta;
  • Jizzax viloyati – 1 350 ta;
  • Namangan viloyati – 1 327 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 1 127 ta;
  • Andijon viloyati – 1 065 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 1 005 ta;
  • Buxoro viloyati – 792 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 742 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 629 ta;
  • Xorazm viloyati – 526 ta;
  • Navoiy viloyati – 257 ta holatni tashkil etmoqda.

Ta’kidlanishicha, karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Shuningdek, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 29—31-mart kunlari Toshkent shahri hududida o‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 27 107 ta transport vositalari tekshiruvdan o‘tkazilib, 1 912 ta holatda haydovchilar tomonidan turli ko‘rinishdagi qoidabuzarliklar sodir etilganligi aniqlangan.

Ulardan 766 tasi karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lib, qoidabuzarlarga tegishli 545 ta avtotransport vositalari belgilangan tartibda jarima maydonchalariga joylashtirildi.

Avvalroq Toshkentda maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlarga qarshi reyd boshlangani haqida xabar berilgandi.