21:51, 01.04.2020 // 178300

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 181 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 181 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Infeksiya aniqlangan shaxslar soni 8 taga oshib, 181 nafarni tashkil etmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Avvalroq 1-aprel Toshkent vaqti bilan 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 1 taga oshib, 173 nafarni tashkil etayotgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonga koronavirus kirib kelganidan beri ikki kishi bu kasallik oqibatida vafot etgan. Infeksiyadan sog‘ayganlar soni esa 12 nafarga yetgani haqida ma’lum qilingandi.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv