Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana to‘rt nafari butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga chiqarildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, bemorlarning bir nafari BAAning Dubay shahridan, yana bir nafari Turkiyadan kelgan, qolgan ikki nafari esa koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

“Ularni sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatishdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.