O‘zbekistonda 1-aprel Toshkent vaqti bilan 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 1 taga oshib, 173 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Avvalroq kasallanganlar soni 172 nafarni tashkil etayotgani, sog‘ayganlar soni esa sakkiz nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekistonga koronavirus kirib kelganidan beri ikki kishi bu kasallik oqibatida vafot etgan.