Toshkentda 1-apreldan boshlab maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlarga qarshi qo‘shma reyd boshlandi.

Foto: “Daryo”

U poytaxt IIBB, Milliy gvardiya va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan olib boriladi.

Maxsus rusxatnomasiz avtomobil boshqarayotganlar aniqlansa, ular jarimaga tortiladi, mashinalari esa jarima maydonchasiga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 30-mart kuni soat 06:00 dan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yildi.  Faqat Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi.

Avtomashinasini tegishli tartibda olingan ruxsatnoma stikerisiz boshqargan haydovchilar bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslar esa 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.