Amerikalik astronomlar ATLAS kometasi Quyosh tomon harakatlanayotganini ma’lum qildi. Ekspertlarning fikricha, u XXI asrning eng yorqin kometasiga aylanishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, 23-may kuni u shimoliy yarimshar aholisiga tiniq ko‘rinadi, deb xabar berdi Tengrinews.

Foto: Pixabay

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kometa Asteroid Terrestrial-impact Last Alert System (ATLAS) astronomlari tomonidan 2019-yilning dekabrida ochilgan. Dastlab xira bo‘lgani sabab, uni ko‘rish qiyin bo‘lgan. Bir oydan so‘ng, kometaning yorqinligi to‘rt ming marotabaga oshgan (olimlar qilgan taxmindan ancha tezlashib ketgan). 17-mart kuni kometa yana 600 marotabaga yorqinlashgan.

Kometa ilk bor aniqlanganida Quyoshdan 439 million kilometr uzoqlikda bo‘lgan, biroq 31-may kuni ATLAS yulduzlardan 37,8 million kilometr uzoqlikdan uchib o‘tadi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, kometa shu holda qizishni davom etib, tunda Oy kabi ko‘zga tashlanuvchi obyektga aylanadi. Taxminlarga ko‘ra, kometa 1844-yilda aniqlanib, 290 kun davomida insonlar kuzata olgan “Buyuk kometa” kabi yorqin bo‘ladi.

Italiyalik astronom Alessandro Marchini YouTube’da kometa qanchalik yorqin bo‘lishi tasvirlangan videoni joylashtirdi.