AQSh davlat departamenti vakili Morgan Ortagus amerikaliklarni koronavirus sharoitida hojatxona qog‘ozini yoppasiga sotib olmaslikka chaqirdi. Bu haqdagi videomurojaatnomani u o‘zining Twitter’iga joyladi.

Bundan tashqari, davlat departamenti vakili qo‘llarni tez-tez yuvib turishni, kasal odamlar bilan aloqa qilmaslikni, betob bo‘lganda uyda qolishni, kasal bo‘lganda tibbiy niqoblar taqishni va buyumlar ustini muntazam dezinfeksiyalab turishni maslahat bergan.

Virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi. Ayni paytda kasallanganlar soni 216 mingdan oshib ketdi. Shulardan 5,1 mingdan ortiq kishi vafot etdi, 8,4 ming nafardan ortig‘i tuzaldi.