Lego firmasi Universal Pictures kinokompaniyasi bilan birgalikda “Forsaj” filmlari seriyasida foydalanilgan, 1970-yili ishlab chiqarilgan Dodge Charger R/T jamlanmasini taqdim etdi. Ushbu mashina Vin Dizel qahramoni Dominik Torettoga tegishli edi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Motor

27-apreldan sotuvga chiqadigan Lego Technic jamlanmasining narxi — 100 dollar. Charger 1077 ta detaldan iborat bo‘lib, uzunligi 40, eni 17, balandligi 11 santimetrga teng.

O‘yinchoq modelning kapoti ham ochiladi, uning ostida V8 motori joylashgan. Yukxonasiga esa azot purkovchi ikkita ballonli tizim “yashiringan”.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor