O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana 13 nafari 2-aprel, payshanba kuni, butunlay tuzaldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Foto: SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Qayd etilishicha, ularning 12 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan, 1 nafari esa Xorazm viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonadan sog‘ayib chiqdi.

Foto: SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarni sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatdi.

Foto: SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Koronavirus infeksiyasidan tuzalgan fuqarolarning 1 nafari 13-mart kuni Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi reysda, yana 1 nafari esa 18-mart kuni Moskva—Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan O‘zbekistonga kelgan. Qolgan 11 nafar kishi esa koronivirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan.

Foto: SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

1-aprel, chorshanba kuni, koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga chiqarilgandi. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 25 nafarga yetdi.