Sobiq futbolchilar Didye Drogba va Samyuel Eto’O koronavirusga qarshi vaksinani afrikaliklarda sinab ko‘rishni tavsiya qilgan shifokorlarni keskin tanqid ostiga oldi.

Foto: Goal

Parij shifoxonasining intensiv terapiya bo‘limi boshlig‘i Jan-Pol Mira va Fransiya salomatlik institutining tajribalar bo‘limi direktori Kamil Loxt teleko‘rsatuvlarning birida koronavirusni muhokama qilgan. Olimlar jonli efir vaqtida COVID-19 virusini silga qarshi vaksina bilan da’volash mumkinligi va buni birinchi bo‘lib Afrikada sinovdan o‘tkazish kerakligini aytgan.

Drogba bunga quyidagicha munosabat bildirgan: “Chidab bo‘lmaydi. Afrika laboratoriya emas. Bunday gaplar kamsitish va irqchilikdan dalodat. Afrikaliklarni dengiz cho‘chqasi deb bilmang. Afrika mamlakatlari rahbarlari bunday dahshatli gaplardan xalqni himoya qilishi kerak”.

Eto’O esa Instagram sahifasi orqali ushbu sharhni qoldirgan: “Jin ursin... Afrika sizlarga o‘yin maydoni emas”.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!