3-aprel, juma kuni, dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Bangkokda yangi tug‘ilgan chaqaloqning yuzi himoya vositasi bilan to‘sib qo‘yildi.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Tilberi porti ishchilari konteynerlar yordamida koronavirusga qarshi kurashayotgan Sog‘liqni saqlash milliy xizmati (NHS)ga hurmat ko‘rsatdi.

Foto: PA Media

Perudan Yevropaga parvozlarga qo‘yilgan 30 kunlik taqiq sabab Limada qolib ketgan turistlar Daniya poytaxti Kopengagenda qarindoshlari bilan uchrashdi.

Foto: Reuters

AQSh prezidentining qarorgohi hisoblangan Oq uy Xalqaro autizm haqida axborot tarqatish kuni munosabati bilan chiroqlar yordamida ko‘k rangga “bo‘yaldi”.

Foto: EPA

G‘azo sektorida falastinlik ijodkor qumdan niqobdagi haykallarni yasadi.

Foto: AFP

Pekinda hayvonot bog‘ining niqobdagi tashrifchilari gepardlarni kuzatmoqda.

Foto: Reuters

Braziliyaning San-Paulu shahridagi qabristonning himoya kostyumlarini kiyib olgan go‘rkovlari.

Foto: Reuters

Braziliyaning San-Paulu shahridagi qabristonda go‘rkovlar yangi qabrlar hozirlab qo‘ydi.

Foto: Reuters

Boston aeroportida Amerika futboli bo‘yicha “Nyu-Inglend Petriots” jamoasining samolyotidan tibbiyot niqoblari tushirilmoqda. Jamoa xo‘jayini hisoblangan Kraftlar oilasi 1 milliondan ortiq tibbiyot niqoblarini Xitoydan olib kelish uchun jamoa samolyotini yubordi.

Foto: AP Photo

Eyfel minorasida koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga minnatdorchilik bildiruvchi yozuv paydo bo‘ldi.

Foto: AFP

Bangladeshda karantin tufayli Buriganga daryosi bo‘yida bekor turgan qayiqlar.

Foto: Getty Images

Chexiya poytaxti Pragadagi hayvonot bog‘i xodimi bog‘ tashrifchilar uchun yopilganiga qaramay, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilishda davom etmoqda.

Foto: EPA

Sankt-Peterburgdagi binoga niqobli Betmen tasvirlangan bet-signal proyeksiyasi tushirildi.

Foto: “TASS”

Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi Lyanyungan portida eksport uchun tayyorlab qo‘yilgan avtomobillar.

Foto: Reuters

BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Milliy rozilik harakati askari Tripoli yaqinida Liviya milliy armiyasi bilan to‘qnashuv vaqtida xavfsiz joyga o‘tmoqda.

Foto: Shutterstock

Dehlida uyi tomida echki bilan o‘ynayotgan bola.

Foto: Reuters

Braziliyadagi “Mineyrao” stadioni koronavirusga qarshi kurashayotgan barchaga hurmat belgisi sifatida yashil rang bilan yoritildi.

Foto: Getty Images

Ispaniyada bobosi va buvisi bilan videochat orqali gaplashayotgan bola.

Foto: EPA

Germaniyaning Ensdorf shahrida qoraquloq bolalari tug‘ildi.

Foto: “TASS”

Mumbayda 21 kunlik karantin tufayli yopilgan to‘qimachilik sexidagi tikuv mashinalari orasida uxlayotgan ishchi.

Foto: Reuters

Xitoyning Lyaonin provinsiyasida kechki bozor.

Foto: AFP

Hind okeanidagi Fransiyaning Ryenyunyon departamentida lava otilmoqda.

Foto: AFP