Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 6 kishiga oshib, kasallanganlar soni 227 nafarga yetdi.

Avvalroq 3-aprel soat 09:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 16 nafarga ko‘payib, 221 nafarga yetgani haqida ma’lum qilingandi. Mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 25 nafar bemor sog‘aydi. Shuningdek, ikki nafar bemor kasallikdan vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov Toshkentda davolanayotgan 90 bemordan 23 nafarida pnevmoniya kuzatilayotganini, besh nafar bemorning ahvoli og‘irligini, ulardan ikki nafarining ahvoli esa nisbatan og‘irroq deb baholanayotganini ma’lum qilgan edi.