“Formula-1” jamoasi — namoyishkorona harakatlar ham minimal xavfga ega bo‘lgan yagona uslub bo‘yicha olib boriladi. Bunda faqat — Red Bull Racing qoidalarga rioya qilmaydi. Avstriya kompaniyasi kreativ ssenariylardan qo‘rqmaydi, promo-roliklar uchun sarf-xarajatdan qochmaydi va 10 million dollardan qimmat turuvchi bolidlarni ham xavf ostiga qo‘ya oladi.

Red Bull “Roskosmos” samolyotini ijaraga olishga, osmono‘par binoda drift uyushtirishga, qumlar ustida yoki tog‘ qiyaliklari bo‘ylab harakatlanishga tayyor. Reklama aksiyalari uchun jangovar uchuvchilarni jalb qiladi — “Formula-1” yulduzlari motor o‘rnatilgan muzlatkichdan tortib tirgakdagi avtouylarda ham poyga o‘ynayveradi. Motor narshi Red Bull Racing’ning eng qiziq videoroliklarini to‘plab taqdim etdi.

Foto: Red Bull

Rikkardo va Ferstappen Ozarbayjonning tog‘li hududlarida “Niva” haydamoqda

2018-yili Bokuda o‘tkazilgan poygadan oldin Red Bull Daniel Rikkardo va Maks Ferstappenga “Niva”ni mahalliy sharoitda sinab ko‘rish imkoniyatini taqdim etdi.

Rikkardo va Ferstappenning tirkamali Aston Martin boshqaruvidagi drifti

“Niva” amalga oshirilgan poygalardan bir yil oldin Rikkardo va Ferstappena tirkamali Aston Martin Vanquish Volante’da drift uyushtirgan edi.

Qorli tog‘ yonbag‘ridagi “Formula-1” bolidi

2016-yilning yanvarida Red Bull Racing Avstriyaning Kisbyuel shahrida Toro Rosso poygachisi Maks Ferstappen hamda tog‘ chang‘isi bo‘yicha Olimpiada chempioni Lund Svindal o‘rtasida duel uyushtirdi.

“Formula-1” bolide regbi jamoasiga qarshi

2015—2016-yillar mavsum oralig‘ida Red Bull Racing bolidi Angliyaning Bath Rugby professionlar regbichilar jamoasining sakkiz nafari bilan o‘zaro kuch sinashgan.

“Formula-1” bolidlari Mayamida: qumdagi pit-stop va faralar bilan harakat

Odatda “Formula-1” chiqishlari atrofi o‘ralgan asfalt trassalarda bo‘lib o‘tadi. Biroq 2018-yili o‘tkazilgan Gran-pridan oldin Red Bull Racing Ferstappenning Amerikadagi sarguzashtlari haqida butun boshli kino ishlagan.

61 qavatli osmono‘par binodagi “Formula-1” bolidi uchun shirinliklar

Red Bull Racing video chiroyli chiqishi uchun Mayamidagi 215 metrli bino tomiga RB7 bolidini maxsus kran yordamida olib chiqqan.

Vaznsizlikdagi pit-stop

Red Bull jamoasi bolidning shinalarini vaznsizlikda almashtirishga qaror qildi va buning uchun “Roskosmos”dan Il-76 transport samolyotini ijaraga oldi.

“Formula-1” bolidining Janubiy Afrika marshrutkasi bilan poygasi

Red Bull Racing katta mablag‘ talab etuvchi jiddiy roliklar bilan birgan an’anaviy mashina haydash mavzusida ham qiziqarli videolar suratga olib turadi.