Andijon viloyatida 14 kunlik karantinda bo‘lgan 250 nafar fuqaro oilasi bag‘riga qaytdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

Foto: Andijon hokimligi

Rossiyaning Moskva, Orenburg, Sankt-Peterburg va boshqa hududlaridan 19-mart kuni viloyatga qaytgan 250 nafar fuqaro Xonobod shahridagi “Olovuddin” oromgohida karantinga olingan edi.

Foto: Andijon hokimligi

Foto: Andijon hokimligi

Ta’kidlanishicha, 14 kun tibbiy kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar (204 nafari erkak, 46 nafari ayol) Andijon, Farg‘ona hamda Namangan viloyatidan bo‘lgan.

Foto: Andijon hokimligi

Sog‘liqni saqlash boshqarmasining qo‘shimcha qilishicha, kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda ularda koronavirus aniqlanmagan. Isitma, quruq yo‘tal, nafas qisishi va boshqa holatlar kuzatilmagan. Shu sababli kasallik tarqatish xavfi yo‘qligi sabab oilalari bag‘riga qaytishga ruxsat berilgan.