O‘zbekistonda koronavirus karantini e’lon qilingan 16-martdan buyon bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 25 057 ta holat aniqlandi.

Foto: “Daryo”

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, eng ko‘p — 4 241 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 2 641 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

  • Farg‘ona viloyatida — 3 019 ta holat;
  • Samarqand viloyatida — 2 449 ta holat;
  • Qashqadaryo viloyatida — 1 977 ta holat;
  • Namangan viloyatida — 1 727 ta holat;
  • Jizzax viloyatida — 1 503 ta holat;
  • Andijon viloyatida — 1 451 ta holat;
  • Sirdaryo viloyatida — 1 399 ta holat;
  • Surxondaryo viloyatida — 1 330 ta holat;
  • Buxoro viloyatida — 1 121 ta holat;
  • Xorazm viloyatida — 1 040 ta holat;
  • Navoiy viloyatida — 292 ta holat;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 867 ta holatni tashkil etmoqda.

“Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda”, – deyiladi vazirlik xabarida.