Tibbiy niqoblar birinchi navbatda koronavirus bilan kasallangan fuqarolarga virusni boshqalarga yuqtirmaslik uchun kerakligi ko‘pchilikka ma’lum. Sog‘lom odamni himoya qilish uchun niqob u qadar samarali emas, chunki ko‘z shilliq pardasi orqali ham koronavirus yuqtirib olish mumkin. Hi-Tech-Mail.ru niqoblar nima uchun zarurligi tasvirlagan video bilan bo‘lishdi.

Kadr: YouTube

Optik tizim va sensorlar ishlab chiqaruvchi LaVision kompaniyasi Shliren-usuli yordamida koronavirusning havo, aksirish yoki yo‘tal orqali tarqalishi hamda niqobning foydasini ko‘rsatib berdi.

Ushbu videoda niqob havo oqimini qanday to‘sib qo‘yishi va boshqalarni tupukning eng mayda zarralaridan himoya qilishi ko‘rsatilgan.