O‘zbekistonda 4-aprel soat 18:00 dan boshlab avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomalar olish bo‘yicha arizalar qabuli vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi. Arizalarni qabul qilish 6-aprel soat 18:00 dan boshlanadi.

Foto: Telegram

Ma’lumot berilishicha, 4-aprel soat 17:00 holatiga ko‘ra, markazlarga 165 619 ta ariza kelib tushgan, ulardan O‘zbekiston bo‘yicha 23 546 ta ruxsatnoma berilgan, 81 241 tasi rad etilgan, 10 004 ta ariza oluvchilarning o‘zlari tomonidan qaytarib olingan.

Hozirgi vaqtda 60 832 ta arizani ko‘rib chiqish jarayoni davom etmoqda. Agentlik rad etilgan arizalarni qayta yubormaslikni so‘ragan.