5-aprel, yakshanba kuni, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan fuqarolardan yana 5 nafari butunlay sog‘aydi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Foto: SSV matbuot xizmati

“Tuzalganlarning kun sayin ko‘payib borayotganida esa, avvalambor, shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining, shuningdek, boshqa hududlarda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolayotgan, shu bilan birga, karantinga olingan 100 mingdan ziyod fuqarolarni tibbiy kuzatuvga olgan barcha-barcha tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi mujassam”, — deyiladi xabarda.

Foto: SSV matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 2-aprel, payshanba kuni, koronavirusga chalingan bemorlarning 13 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga chiqarilgandi. Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan jami 298 nafar bemordan 30 nafari butkul sog‘aydi.