O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning ayni vaqtda to‘qqiz nafari og‘ir ahvolda. Ularning ikki nafari sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bemorlarning 31 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. Shundan 9 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir, 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir baholanmoqda”, — deya qo‘shimcha axborot berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.