Karantin kimgadir cheksiz dam olish imkoniyati, kimgadir ortiqcha vazn, kimgadir bitmas-tuganmas uy yumushlari-yu, yana kimgadir mahzun sog‘inch taqdim etyapti. “Daryo” o‘zbekistonliklar bu kunlarni qanday o‘tkazayotganiga qiziqib ko‘rdi.

Biz karantinda yurtdoshlarimiz qanday kayfiyatda va nimalar bilan band ekanliklariga qiziqdik. To‘plagan va sizga taqdim etayotganlarimizdan chiqargan xulosamiz shu bo‘ldiki, O‘zbekiston bugun vahimada emas, O‘zbekiston pozitivlik bilan kasallikni yengib o‘tishga shay.

Kuni kecha Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva o‘z Telegram kanalida o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi.

Bugun qadriyatlarimizga xos bo‘lgan birdamlik har qachongidan ko‘ra ko‘proq muhim. Mamlakatimizda #COVID_19 tarqalishining oldini olish maqsadida Prezidentimiz muhim farmon va qarorlarni imzoladilar. Maxsus komissiya tomonidan ham kechiktirib bo‘lmas ishlar amalga oshirilmoqda.

Karantinda bo‘lgan hamyurtlarimiz koronavirusdan sog‘aygani haqidagi xushxabarlar har birimizning qalbimizga quvonch ulashmoqda. Albatta, bunda fidoyi shifokorlarimizning o‘rni beqiyos. Ularga har qancha ta’zim aylasak arziydi! Bundan tashqari, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa mas’ul idoralar mutaxassislarining mehnatini ham e’tirof etish zarur.

Aziz vatandoshlar! Sizlarga murojaat qilmoqchiman. Ko‘pgina mashaqqatlarni yengib chiqqan mard va oliyjanob xalqimiz azaldan og‘ir-vazmin bo‘lib, sinovli kunlarda birlashib kelgan. Bugun ana shunday qadriyatlarimizga xos bo‘lgan birdamlik har qachongidan ko‘ra ko‘proq muhim.

Uyda qolib, sanitariya-gigiyena qoidalarini unutmaylik! Qachonki jipslashib, mutaxassislarning tavsiyalariga, qolaversa, karantin davrida tartib-intizomga qat’iy rioya qilsak, shundagina ushbu sinovli kunlarni tezroq yengamiz.

Unutmang, mas’uliyatli bo‘la olish bilan nafaqat o‘zimiz va yaqinlarimizni, balki butun insoniyatni asrab qolamiz!

Bosh muharrir, jurnalist va bloger Muhrim ham Telegram kanalida biz haqimizda yozadi.

“Daryo” O‘zbekistonda koronavirusga chalingan birinchi bemor e’lon qilinishi bilan, 16-martdan e’tiboran, masofadan ishlash tartibiga o‘tgan (2020-yil hisobidan tahririyatdagi oxirgi to‘laqonli ish kuni 13-mart, juma bo‘ldi) — xodimlarning barchasi uydan ishlayapti. O‘tgan vaqt ichida o‘zim ishxonaga ikki marta, zarurat bilan bordim — avvaliga kompyuter olib kelish uchun, keyingi safar bir-ikki hujjatga imzo chekish uchun (oxirgi hafta ko‘chaga faqat ikki marta, 15 daqiqaga chiqdim).

“Daryo” koronavirusning ta’sirini mart boshidayoq his qilgandi — xodimlarimizdan biri Ispaniya safaridan qaytgach, tahririyat a’zolari uning uyda karantinda qolishini so‘ragani uchun (ehtiyot shart) o‘sha xodimimiz ikki hafta davomida uyidan ishladi. Ana endi ishga chiqadi deganimizda, butun tahririyatni uydan ishlashga o‘tkazdik. Nachora, elga kelgan to‘y — sal noqulay bo‘lsa-da, hozir uyda o‘tirib qahramon bo‘ladigan vaqt.

Yoshlar ittifoqi jamoasi ham uyda qolgan va darslarga qatnay olmayotgan yoshlarning vaqtini samarali o‘tkazish maqsadida turli loyihalar tashkil qilmoqda. Shunday loyihalardan biri “Tezyoz.uz” loyihasidir.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq xabar va yangiliklarni ommaga yetkazish uchun tashkil qilingan @koronavirusinfouz rasmiy Telegram kanali jamoasi mana bu chellenjni boshlab berdi. Siz o‘z ismingiz aks etgan suratni yuklab olishingiz va tarmoqlardagi shaxsiy sahifangizga joylashtirishingiz mumkin:

Foto: Telegram/ “Koronavirusinfo.uz”

Facebook va Instagram’da mana bunday chellenjlar ham boshlanib ketdi.

Uydan chiqish tavsiya etilmayotganidan buyon barchamizning kunimiz elektron qurilmalarga qolgani tayin, navbatdagi surat ham buni ko‘rsatib turibdi.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Karantin boshlangan kunlardanoq, deyarli, barcha bekajonlar o‘zlarining pazandalik mahoratlarini ko‘rsatishni boshladi. Maqola davomida siz ham bunga amin bo‘lasiz. Navbatdagi suratda esa antiqa taomlar tasvirlangan, balki, siz ham allaqachon shunday taom tayyorlab ko‘rgandirsiz.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Karantin davrida oziq-ovqat do‘konlari, dehqon bozorlari bilan bir qatorda quyidagi kabi tayyor ovqat xarid qilish mumkin bo‘lgan yerlar karantin qoidalariga rioya qilgan holda va ish faoliyati o‘zgargan tartibda xizmat ko‘rsatmoqda.

Foto: Facebook

Hazil o‘z o‘rnidaku-ya, lekin quyidagi suratda nazarda tutilgan fikrda ham qisman bo‘lsa-da, jon bor. Do‘konga chiqish ham shu jumladandir.

Skrin: “Daryo”

Koronavirus bizning “Chopra Sohib”ni ham shuhrat zinapoyasida ancha yuqori pog‘onaga chiqardi. Sohibning she’rlari YouTube’da ham aylanishga ulgurdi. Sohib esa ijod qilishda davom etmoqda.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Karantin boshlangandan buyon hamma nimanidir sanash bilan band. Kimlardir bir kilogramm guruchda nechta boshoq borligini kashf qilgan bo‘lsa, bu yigit nimaning sonini aniqlaganini qarang. Bir so‘z bilan aytganda “vapshi malades”.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Karantin ko‘pchilikning oldiga ozish muammosini qo‘yadigan ko‘rinadi. Bu ketma-ket tayyorlanayotgan memlar-u yozilayotgan postlarning mazmunidan ham bilinib turibdi.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Navbatdagi surat va uning izohi kishini allaqanday o‘zgacha holatga soladi. Hozir barchamiz ich-ichimizdan shu holatda bo‘lsak kerak…

Skrin: “Daryo”

Umumiy qilib aytganda, karantinda hamma o‘zi uchun qandaydir qiziqarli yumush topib olgan.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Karantin ilm-fanni ham rivojlantiryapti, deyishsa ishonasizmi? Quyidagi qahramonimiz karantinni eng kerakli yumushlar bilan o‘tkazayotgani va bundan zavq olayotgani shubhasiz.

Skrin: “Daryo”

“Avval lentamda nuqul chiroyli qizlar rasmi aylanardi, hozir esa faqat ovqatlar”, deya yozgan edi kimdir. Bizningcha, hammada shu muammo bo‘lsa kerak.

Skrin: “Daryo”

Karantinda ayollar oldida turgan eng dolzarb masalalardan yana biri bu – bolalar. Ijtimoiy tarmoqlar bog‘cha opalar-u o‘qituvchilarga tasanno o‘qilgan izohlarga to‘lib toshmoqda.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Navbatdagi suratda qadrdon qo‘shnilar ijtimoiy masofa saqlagan holda suhbat qurmoqda.

Skrin: “Daryo”

Do‘konga badarg‘a qilinayotgan mushuk hech kimni kuldirmay qolmasa kerak. Lekin mushuklaringizni ham ehtiyot qiling, so‘nggi yangiliklarga ko‘ra Uxandagi mushuklarning 15% ida virus aniqlanibdi.

Skrin: “Daryo”

Navbatdagi surat shunchaki kayfiyat uchun.

Foto: Facebook

Skrin: “Daryo”

Ijtimoiy tarmoqlarda #uydaqoling, #bizuydamiz, #uydahayotbor heshteglari ommalashib ketdi.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Chellenjlar bolajonlar ishtiroki bilan yanada qiziqarli o‘tmoqda.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Karantinda san’atkorlar ham uyda qolishmoqda.

Foto: Instagram

Skrin: “Daryo”

Quyidagi surat va unga yozilgan izoh ham yuzingizga beixtiyor tabassum uyg‘otishi shubhasiz.

Skrin: “Daryo”

Karantinda mana bunday fikrga kelgan shovvozlar ham topiladi.

Skrin: “Daryo”

Karantin davrida go‘zallik salonlari faoliyati to‘xtatilishi ortidan ayollarimizdan yana bir pozitiv.

Skrin: “Daryo”

Karantinda bajarish mumkin bo‘lgan eng qiziqarli va foydali ishlardan yana biri kitob o‘qish va sevimli mashg‘uloting bilan shug‘ullanishdir.

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Katta auditoriyaga ega Telegram kanallarining aksariyati o‘z nomiga “uyda qoling” qo‘shimchasini kiritib, chellenjga qo‘shildi. Bu, albatta, yaxshi tashabbus, yaxshi chorlov.

Skrin: “Daryo”

Telegram doimiy yangilanib turuvchi stikerlar majmuasini yaratdi. Har kuni ma’lumotlari o‘zgarib turuvchi stikerlar Covid-19’ning butun dunyo bo‘yicha statistikasini sizga taqdim qilib turadi.

Skrin: “Daryo”

Keling, endi Twitter bo‘ylab sayohatga otlanamiz.

Ushbu nomdagi filmni ko‘rgan bo‘lsangiz, tvit mazmuniga tushunasiz.

Quyidagi tvit ko‘pchilik tomonidan mehnati yuksak baholanayotgan shifokorlar haqida.

Uyda o‘tirgan ma’qul:

https://twitter.com/kombinator__/status/1246311203342880769

Semirish muammosi faqat ayollarni tashvishga solyapti, desak xato bo‘ladi.

https://twitter.com/gumanoid__/status/1246280655434063872

“Domliklar” sizni kechirmaydi!

Onlayn darslardan xabaringiz bordir-a?

Bu gapingizni manikyurga muhtoj ayollar o‘qib qolmasin.