Gonkong universiteti olimlari koronavirus xona haroratida turli buyumlar yuzasida qancha vaqtgacha saqlanib turishini o‘rgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jarrohlik niqobining tashqi yuzasidagi koronavirus yetti kungacha saqlanib qoladi. Tegishli tadqiqot natijalari Lencet ilmiy jurnalida chop etilgan.

Foto: Pixabay

Ta’kidlanishicha, virus printer uchun mo‘ljallangan qog‘oz yuzasida uch soatdan kamroq, qayta ishlangan yog‘och yoki kiyimda ikki kungacha saqlanib qoladi. Oynada, banknotalarda virus to‘rt kungacha, zanglamaydigan metall va plastmassada 4—7 kun saqlanadi.

Olimlar yettinchi kuni jarrohlik niqobining yuzasidan juda kam miqdorda, biroq kasallik yuqtirishga qodir viruslarni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

“Agarda siz jarrohlik niqobini taqib yursangiz, uning tashqi yuzasiga umuman teginmang”, — deydi tadqiqot mualliflaridan biri.

Shu bilan birga, tadqiqotlar viruslar zichligi barcha yuzalarda kamayishini ko‘rsatgan.

Avvalroq AQShlik biologlar koronavirus oqsilidagi “tikon”lar tebranishini tovushga aylantirgani haqida xabar berilgandi.