AQShlik biologlar koronavirus oqsilidagi “tikon”lar tebranishini tovushga aylantirdi. Hosil bo‘lgan kompozitsiya Soundcloud saytida e’lon qilindi.

Foto: Soundcloud

Olimlar SARS-CoV-2 oqsil “tikon”larining aminokislotalar o‘lchami, og‘irligi, energiyasi va bog‘lanish holatiga qarab paydo bo‘ladigan tabiiy tebranishlarini “tovushga” aylantirib yozib oldi.

“Siz eshitayotgan narsa — bu ko‘p qatlamli algoritmik kompozitsiya bo‘lib, u ovozdagi butun oqsillarning tebranish spektrini ham, ritmik elementlarini ham, shuningdek, uyg‘unlashgan ohanglar ko‘rinishidagi aminokislotalarning yig‘ilishi va ketma-ketligini aks ettiradi”, — deydi tadqiqot guruhi rahbari Markus Byuler.

Bundan tashqari, mutaxassislarning ta’kidlashicha, hosil bo‘lgan “kompozitsiya”da “tinchlantiruvchi” yoqimli tovushlarni ham topish mumkin.