Erta tong yumshoq o‘rindan turishning o‘zi emas, ayniqsa bir kun avval kech va charchab yotgan bo‘lsangiz. Bunday vaqtda bir finjon issiq qahvadan boshqa hech narsa sizga yordam bera olmaydigandek tuyuladi, to‘g‘rimi? Noto‘g‘ri, negaki kofening tetiklashtirish xususiyatining o‘rnini bosuvchi boshqa foydali variantlar ham yo‘q emas. Harper’s Bazaar nashri shunday 7 alternativ bilan bo‘lishadi.

Foto: Getty Images

Sikoriy

Foto: “Argumenti i fakti”

Tetiklashishni istagan, lekin kofega bog‘lanib qolishni xohlamaydiganlar uchun sikoriy damlamasi eng maqbul yechim. Ta’mi kofega o‘xshash ushbu ichimlik ungan qaraganda foydaliroq hisoblanadi. U tinchlantirish xususiyatiga ega bo‘lib, qondagi qand miqdorini kamaytiradi. Uni sut bilan qo‘shib ichish mumkin.

Kakao

Foto: “Moya gazeta”

Kakao tarkibida kalsiy, magniy, temir moddasi bor bo‘lib, uni tetiklashtiruvchi sifatida ichish tavsiya qilinadi. Erta tongdan zarur ish yoki darslaringiz bo‘lsa diqqatni jamlash uchun bir finjon kakao iste’mol qiling.

Limonli suv

Foto: “Chempionat”

Iliq suvga aralashtirilgan limon suvini tongda och qoringa iste’mol qilish, nafaqat kishini tetiklashtiradi, balki organizmni xususan ichaklarni tozalaydi.

Achchiq shokolad

Foto: Shutterstock

Nonushta qilishga vaqti yo‘q, ertalabdan ish yoki o‘qishga shoshadiganlarga yo‘l-yo‘lakay bo‘lsa ham achchiq shokolad yeyish tavsiya qilinadi. Uning tarkibida kofedan kam bo‘lmagan kofein va endorfin bor bo‘lib, kun bo‘yi ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishingizni ta’minlaydi.

Masala

Foto: “24 kanal ”

Agarda oddiy choy sizni tetiklashtirmasa, masala damlab iching. Uni tayyorlash uchun sut, choy va koritsa, kardamon yoki imbir, ta’bga qarab badyan yoki qora murch qo‘shing. Ushbu ichimlik ko‘rinishi va xushbo‘y hidi ishtahangizni ochishi aniq.

Kontrast dush qabul qiling

Foto: “V kurse”

Tetiklashtirish deganda faqat yeyish va ichishni tushunadiganlar diqqatiga: aslida kontrast dush qabul qilishdan-da odamni tetik his qildiradigan tabiiy jarayon yo‘q. 30 soniya sovuq suv undan keyin 30 soniya issiq va yana 30 soniya sovuq dushni yoqing. O‘zingiz ham bilmay qolasiz qanday qilib buncha tez tetiklashganingizni. Bunday usul qon aylanishi, teri tonusining yaxshilanishi, moddalar almashinuvi, uyquning yaxshilanishi va asabiylashishda samarali vosita hisoblanadi.

Yorug‘lik

Foto: Dissolve

Xonangiz qorong‘i, yorug‘lik kam bo‘lsa xolsiz bo‘lishingiz tabiiy. Organizmdagi uyqu garmoni — melatonin sintezi yorug‘lik darajasiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni xona qorong‘i bo‘lsa kishini uyqu bosadi. Shuning uchun ertalab o‘rningizdan turishingiz bilan birinchi bo‘lib pardalarni ko‘tarib, derazani oching, xonani yorug‘lik va toza havo bilan ta’minlang.