Koinot cheksizlik, go‘zallik va mukammallik ramzi. Uni tadqiq etishning oxiri, anglashning nihoyasi yo‘q. Koinotni tushunish va anglash uchun yillar kamlik qiladi, uni har kim o‘zicha talqin qiladi. Faqat bir narsa aniqki, insonlar qalbi va koinot o‘rtasida ko‘rinmas ip bor: sening istak va xohishlaring samoga ko‘tariladi, koinot uzra aylanadi. Fikrlar moddiylashishi, niyatlar ro‘yobi aniq ekan, har bir xayol va orzu uchun mas’uliyatni his et: o‘zing va samo oldidagi mas’uliyatni.

Foto: Art people Gallery

Bugun, 12-aprel Xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuni munosabati bilan e’tiboringizga koinot haqidagi iqtiboslarni taqdim qilamiz.

Inson koinotni tushunishi mumkin, lekin o‘zini emas. Inson va uning ichki ‘men’i o‘rtasidagi masofa ba’zida yulduzlar orasidagi masofadan-da uzoqroq bo‘ladi”. Gilbert Kit Chesterton

Koinotda hayot topilgach, yerda hayotning qanday paydo bo‘lgani aniq bo‘ladi”. Vanga

Kosmosda tong otmaydi”. Rey Bredberi

Foto: National Geographic

Koinotda hech nima yo‘qolmaydi”. Stanislav Lem

“Yulduzlar qorong‘uda ko‘rinadi”. Ralf Uoldo Emerson

Bizning olam koinot murakkabligi bilan solishtirilganda tuproq qurtining miyasiga o‘xshaydi”. Xaruki Murakami

Foto: Time

Osmondagi yulduzlar bizdan uzoqda bo‘lgani va biz ular haqida hech nima bilmaganimiz uchungina aniq va benuqson ko‘rinar, balki”. Genrix Geyne

Tushuning, koinotdan odamlar qilayotgan barcha qabih ishlar ko‘rinadi. Hamma hammasi”. Alan Pol

Daholik — koinot bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lib, yerdagi aloqani yo‘qotish”. Anatoliy Rahmatov

Asosiysi, koinot va uning benihoya ekani”. Rey Bredberi

Koinotga ucha olmasang shunday qilginki, koinot sening oldingga kelsin”. (“Mars 2004” filmidan)

Foto: Sciense

Inson koinot chegarasi haqida o‘ylashni boshlashi bilan dahshatga tushadi, chunki koinotning nihoyasi yo‘q”. Nayk Borzov

Hayot mensiz ham davom etadi. Hozir bo‘lmasa, 10 yoki 20 yil keyin baribir yo‘q bo‘laman. Koinotdan turib qaralsa, qachonligining nima farqi bor?”. Irvin Yalom

Koinotni supermenlar emas, oddiy odamlar zabt etishini hayotning o‘zi ko‘rsatadi”. Yuriy Gagarin

Yulduzlarga yetib bo‘lmasligini har qaysi tentak ham biladi, donolar esa tentaklarga e’tibor bermay, urinishda davom etadi”. Garri Anderson

Foto: Wallpapaer Flare

Mushakbozlik boshlanganida boshqa hech kim yulduzli osmonga qaramaydi”. Mariya fon Ebner-Eshenbax

Kosmik dialog bo‘lmaydi. Koinotda faqat monolog bo‘lishi mumkin”. Stanislav Lem

Biz koinotni zabt etdik, ammo o‘z ichki dunyomiznimas”. Jorj Karnin

So‘z odamga, tovush tabiatga, sukunat koinotga tegishli”. Osho