Yuriy Gagarin 1961-yil 12-aprel kuni insoniyat tarixida birinchi bor kosmosga parvoz qilgan insonga aylangan. Shu sababli har yili ushbu kun — Kosmonavtika kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Kosmosning insonlar tomonidan ishg‘ol etilishi aynan o‘sha ondan boshlangan. “Kommersant” eng yorqin kosmik hodisa va voqealar tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.

Saturn. Orqa tarafidan quyosh yoritib turgan sayyoraning surati Cassini kosmik apparati yordamida olingan.

Foto: NASA

Bir nechta kadrlardan qilingan kompozitsion surat. Xalqaro kosmik stansiya qisqa tutilish vaqtida Quyosh disk bo‘ylab harakatlanmoqda.

Foto: NASA

Hubble teleskopi astronomlar “kapalak” deb ataydigan tumanlikni suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. Uning qanotlari ikki yorug‘lik yiliga teng — bu so‘nayotgan yulduzning gazlar oqimi.

Foto: NASA

Ulkan qizil dog‘ — Quyosh tizimidagi eng kuchli atmosfera quyuni. Yupiter sayyorasidagi antisiklon bo‘ronlari oqibatida yuzaga keladigan doimiy bosim zonasi. Ushbu dog‘ning o‘lchami taxminan Yer diametridagi uchta sayyoraga teng.

Foto: NASA

Churyumova/Gerasimenko kometasi, 152 kilometr uzoqlikdan suratga olingan. Yevropa kosmik agentligi ushbu obyektni kometa yuzasiga tarixda ilk bor qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan Rosetta sayyoralararo avtomatik stansiyasi va zond yordamida o‘rgangan.

Foto: NASA

Xalqaro kosmik stansiya tomonidan olingan kompozitsion surat. XKSning o‘ziga o‘rnatilgan kamera yordamida olingan suratlar seriyasi. Kosmonavtlar Yer atmosferasidagi bo‘ronlarni o‘rganmoqda.

Foto: NASA

“Vostok” kosmik kemasining kabinasidagi birinchi kosmonavt Yuriy Gagarin. 1961-yil 12-aprel

Foto: NASA

Astronavt Bazz Oldrinning Oy yuzasidagi izi. 1969-yilning iyulida Amerikaning “Apollon-11” kosmik kemasi birinchi bor Yerning tabiiy yo‘ldoshi yuzasiga qo‘ngan.

Foto: NASA

NASA astronavtni Bryus Makkendless ochiq kosmosda hech qanday xavfsizlik tizimisiz ishlagan ilk va yagona insonga aylangan. 1984-yili u ochiq kosmosga ikki marotaga chiqib, individual dvigatel qurilmasini sinovdan o‘tkazgan.

Foto: NASA

Hubble kosmik teleskopiga texnik xizmat ko‘rsatayotgan astronavtlar ochiq kosmosda.

Foto: NASA

Astronavtlar Jon Gryunsfeld va Endryu Feystal Hubble kosmik teleskopiga texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida.

Foto: NASA

Xalqaro kosmik stansiyaning Dicovery shattlidan turib qaralgandagi ko‘rinishi. Stansiyaning uzunligi 51 metrga, eni fermalari bilan birga — 109 metr, balandligi 20 metr, og‘irligi 417,3 tonnaga teng.

Foto: NASA

Astronavt Nikol Stott Xalqaro kosmik stansiyaning quyosh panellari fonida.

Foto: NASA

Dragon yuk tashishga mo‘ljallangan kosmik kemasi tungi shahar fonida XKS tomon uchmoqda.

Foto: NASA

Rossiyaning “Soyuz” kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish jarayoni.

Foto: NASA

NASA astronavtni Kris Kessidi Xalqaro kosmik stansiya bortidan Yerni suratga olmoqda.

Foto: NASA