Sport musobaqalarining bekor qilinishidan faqat sportchilar, klub va bukmekerlar aziyat chekayotgani yo‘q. Bir o‘ylab ko‘ring, hozir sport sharhlovchilariga naqadar qiyin, ular endi nima haqda gapirishni bilmayapti, deb yozadi Esquire.

Foto: Twitter/MrAndrewCotter

Masalan, BBC sport sharhlovchisi Endryu Kotter ana shunday qiyin vaziyatdan chiqish usulini topdi. U itlari — Oliv va Meybl o‘rtasida musobalar tashkillashtirib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida translyatsiya qilmoqda. Endryu ushbu videolarda o‘zining bor notiqlik san’atini namoyish etmoqda.

Ushbu videoda labradorlar kim birinchi ovqatni yeb bo‘lishga musobaqa o‘ynayapti.

Biroq hamma videolarda ham bu qadar tezkorlik kuzatilmaydi. “Har doim ham tez bo‘lish muhim emas, ba’zan strategiya muhim”, — deb yozadi Endryu.

Sport mashg‘ulotlaridan keyin tiniqib uxlab olish kerak.

Kotter o‘z Instagram’ida itlari bilan qatnashgan ekspeditsiya jarayonlaridan ham videolar joylab boradi.