Amerikalik senator Mitch Makkonnell parlamentchilarning navbatdagi majlisidan so‘ng foyega chiqib jurnalistlarga intervyu berdi, deb yozadi Esquire.

Foto: Reuters

Ushbu muloqot ijtimoiy masofalanish qoidalariga rioya etgan holda o‘tkazildi: jurnalistlar senatordan uzoqroqda turib, unga tomon diktofon va mikrofonlarini uzatdi.

Intervyu jarayonini Reuters fotografi Tom Brenner tarixga muhrladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu surat “Garri Potter” filmidagi sahnani eslatayotganini yozib qoldirdi: aylana bo‘ylab sehrli tayoqchalarini cho‘zib turgan sehrgarlar, markazda esa Volan-de-Mort turibdi.

“Nima uchun bu holat sehr vazirligining yetti sehrgari Mitchni tutish uchun bor imkonini ishga solayotganga o‘xshaydi?”, — deb yozdi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.

Foto: Esquire

Foto: Esquire