O‘zbekistonda 15-aprel kuni soat 2:00 dan 12:00 ga qadar sun’iy yo‘ldoshlarga telekanallar signallarini yetkazib beruvchi qurilmalarda rejali profilaktika ishlari olib boriladi.

Foto: “Daryo”

Shu munosabat bilan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabariga ko‘ra, 44 tagacha xorijiy telekanal retranslyatsiyasida vaqtinchalik to‘xtalishlar yuzaga kelishi mumkin.

Qayd etilishicha, bu holat UzDigital-TV hamda “O‘zbekiston Kabel Televideniyasi” kompaniyalari orqali barcha kabel va IP-televideniye tarmoqlarida retranslyatsiya qilinadigan telekanallarga aloqador.