Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq etish milliy boshqarmasi (NASA) “Xabbl” teleskopining koinotga uchirilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan o‘z saytida yangi servisni ishga tushirdi.

Foto: NASA

Foydalanuvchilar o‘zlarining tug‘ilgan kunini belgilab (yoki boshqa istalgan kunni), teleskop o‘sha kuni qayerni kuzatganini bilib olishlari mumkin.

“‘Xabbl’ koinotni kuniga 24 soat, haftasiga yetti kun tinimsiz kuzatadi. Bu esa teleskop har kuni qandaydir kosmik mo‘jizani kuzatgan bo‘lishi mumkinligini anglatadi”, — deyiladi NASA xabarida.

Masalan, 2011-yilning 13-aprel kuni “Xabbl” Abell 2261 galaktikalar to‘planishini suratga olgan.

Foto: NASA

Suratlarga #Hubble30 xeshtegini belgilab, ijtimoiy tarmoqlarda ham ulashish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Xabbl” teleskopi Yer orbitasiga 1990-yilning 24-aprelida olib chiqilgan.