O‘zbekistonda 17-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 15 kishiga oshib, 1405 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 17-aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1390 taga yetgani xabar qilingan edi.

O‘zbekiston so‘nggi bir sutka ichida koronavirusga chalinganlar soni 31 nafarga ko‘paydi. 16-aprelgacha kasallanish holatlari kuniga 100 dan oshayotgan edi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, 156 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan, ularning to‘rt nafari vafot etgan.