Argentinadagi Mar-del-Plat kurort shahri ko‘chalarida dengiz arslonlari paydo bo‘ldi. Jonivorlar koronavirus tufayli bo‘shab qolgan ko‘chalarda bemalol aylanib yuribdi hamda istalgan hududini egallab olmoqda, deb yozadi La Nación.

Foto: La Nación

Dengiz arslonlari Mar-del-Plat ramzi hisoblanadi. Ushbu jonivorlar koloniyasi port yaqinida yashaydi. Hozir esa dengiz arslonlari avval sayyohlar dam olgan hududlarda aylanib yuribdi.

Jonivorlar karantindan qochgan boshqa hayvonlar, xususan, itlar bilan til topishishga urinmoqda. Lekin rasmlardan ular bu ishning uddasidan chiqa olmayapti, deyish mumkin.

Qayd etilishicha, dengiz arslonlari onda-sonda uchrab qolayotgan odamlarga tashlanishga urinmoqda.

Dengiz arslonlarining ko‘chalarda yurishining yana bir salbiy tomoni ular o‘zlaridan kuchli hid chiqargani uchun jonivorlar orqasidan ko‘chalarni muntazam ravishda yuvishga to‘g‘ri keladi.