Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar uchun yana bir “layk” turini kiritdi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

Foto: Twitter / Alexandru Voica

“Yoqdi” tugmasining yangi turi yurakcha ushlab turgan smaylik ko‘rinishida bo‘lib, kompaniya ushbu “g‘amxo‘r layk” (care reaction) koronavirus pandemiyasi paytida odamlarning bir-birga hamjihatligini yanada yaxshiroq ifodalashga yordam berishiga umid qilgan.

U ijtimoiy tarmoqning kompyuter versiyasida va mobil ilovasida keyingi haftadan boshlab paydo bo‘ladi. Shuningdek, messenjerda ham yana bir reaksiya turi — animatsiya ko‘rinishidagi urib turuvchi yurak kiritilishi ma’lum qilingan.

Facebook ilovasi rahbari Fidzi Simoning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yangi kiritmalar koronavirus pandemiyasi tugaganidan keyin ham qolish-qolmasligi odamlar undan qanday foydalanishiga bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, Facebook 2016-yilda oddiy “layk”ga 5 ta: yurakcha, kulayotgan, yig‘layotgan va hayron qolgan emojini qo‘shgan edi. Bungacha foydalanuvchilar ayrim postlarga, masalan, noxush xabarlarga “yoqdi” bosish noo‘rin bo‘lishidan shikoyat qilgandi.