O‘zbekistonda 18-aprel soat 19:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 19 kishiga oshib, 1469 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Avvalroq 18-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1450 taga yetgani xabar qilingan edi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, 194 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi.

Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.