O‘zbekistonda 18-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 21 kishiga oshib, 1490 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 18-aprel soat 19:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1469 taga yetgani xabar qilingan edi.

Shunday qilib, 18-aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq  85 ta yangi holat tasdiqlandi. Taqqoslash uchun, 13-aprel kuni 133 ta, 14-aprel kuni 167 ta, 15-aprel kuni 137 ta, 16-aprel kuni 47 ta, 17-aprel kuni esa 56 ta holat aniqlangan edi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 194 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.