76 yoshli xitoylik fermer Duori Dzi unga qilingan hujumdan keyin 26 yil boshidagi pichoq bilan yurgan, deb yozadi Metro.

Foto: Legion Media

1990-yilning oxirida fermerga hujum qilingan. O‘shanda uning boshida o‘n santimetrlik pichoq qolib ketgan.

2012-yilda erkak surunkali bosh og‘rig‘idan shikoyat qilib, kasalxonaga murojaat qilgan. O‘shanda shifokorlar pichoqni qoldirishga qaror qilgan. Chunki uni olib tashlash erkakning hayoti uchun xavfli bo‘lishi mumkin edi.

Vaqt o‘tgan sari erkakning ahvoli yomonlashgan. Uning o‘ng ko‘zi ko‘rmay qolgan, o‘ng qo‘li va oyog‘i esa falaj bo‘lib qolgan. Yaqinda boshqa provinsiyadan kelgan tajribali shifokorlar erkak yashaydigan hududda tibbiy ko‘rik o‘tkazgan va u bilan qiziqib qolgan.

Kompyuter tomografiyasi va rentgen pichoq erkakning ko‘rish nerviga zarar yetkazganini ko‘rsatgan.

Foto: Metro

Klinika bosh shifokori Lyu Guansun pichoqni olib tashlash yagona chora, degan qarorga kelgan. Shu tarzda erkak ikki operatsiyani boshdan kechirgan.

Hozirda uning ahvoli yaxshi va mustaqil harakatlanmoqda. Bosh og‘rig‘i o‘tib ketgan va ko‘rish qobiliyati qayta tiklangan. “Men kula olmasdim, esnay olmasdim, hatto yo‘tala olmasdim. Shifokorlar menga ikkinchi imkoniyatni berdi hamda 20 yil davom etgan dahshat barham topdi”, — deydi Duori Dzi.