Italiyaning Piza provinsiyasida it uydan qochib ketdi va koronavirusga chalingan egasi jon berayotgan shifoxonani izlab topdi, deb yozadi Newsweek.

Foto: Newsweek

Yetti yoshli Stella laqabli itning egasi koronavirusni yuqtirgan. Erkak shifoxonaga olib ketilganida Stella uyda yolg‘iz qoldi. It egasidan xavotir olib, uydan chiqgan hamda u olib ketilgan shifoxonani izlab topgan.

Stella buning uchun bir necha kilometr masofani bosib o‘tgan.

It shifoxona oldida egasini behuda kutdi: erkak koronavirusni yenga olmadi va jonlantirish bo‘limida vafot etdi.

Stella haqida jonivorlarni himoya qilish tashkiloti vakillari Facebook’da post yozib qoldirdi. Shundan so‘ng marhumning yaqinlari itni boqib oldi.