Britaniya hukumati koronavirusning oziq-ovqat mahsulotlari va ularning qadoqlari orqali yuqish xavfi haqida ma’lumot berdi, deb yozadi Daily Post.

Foto: Daily Post

Qayd etilishicha, koronavirusning oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqish ehtimoli juda kam. Sababi respirator kasalliklar “oziq-ovqat mahsulotlari yoki ularning qadoqlari orqali tarqalmaydi”.

Hisobotda aytilishicha, agar virus oziq-ovqatlar yuzasiga o‘rnashib olsa ham u termik qayta ishlovdan keyin o‘ladi.

Mutaxassislar, shuningdek, sarhil mahsulotlarni issiq suv bilan yuvishni va ularning po‘stini archib tashlab yeyishni tavsiya qilmoqda. Bundan tashqari, har bir qadoqni ushlagandan so‘ng qo‘lni yuvish kerak.