Janubiy Afrikada joylashgan Keyptaunning bo‘shab qolgan ko‘chalarida pingvinlar paydo bo‘ldi, deb yozadi Esquire.

Foto: Esquire

Jonivorlar ko‘chada o‘zlarini juda erkin tutmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan internetga joylangan videolarda pingvinlarning viqor bilan yo‘lni kesib o‘tayotgani, zarur bo‘lganida yo‘l to‘siqlariga sakrab chiqib olayotgani aks etgan.

Mana bu uchta jonivor SANCCOB — pingvinlar uchun reabilitatsiya markazi xodimlaridan biri tomonidan suratga olingan.

“Odatda pingvinlar odamlar ko‘p to‘planadigan joylarni hamda odamlarning ularga yaqin kelishini yoqtirmaydi. Biroq hozir odamlar va mashinalar kam, shuning uchun ular o‘zlarini erkin tutmoqda”, — deydi SANCCOB tashkiloti vakillari.