14:47, 24.04.2020 // 166591

O‘zbekistonda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni sakkiz nafarga yetdi

Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi F. (ayol) viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘ta og‘ir ahvolda 19-aprel kuni yotqizilgan va sun’iy nafas oldirish apparatiga olingan. Tahlillardan so‘ng bemorda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan.

“Shundan so‘ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida bemor Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasiga o‘tkazilgan. Bemorda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir respirator distress sindrom, gipertoniya kasalligi ikkinchi bosqich, xavf 4, semizlikning 3-darajasi bo‘lganligi sababli kasallik og‘ir kechib, davolanish davomida hamisha sun’iy nafas oldirish apparatida bo‘lgan”, – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Bemorning shu kungacha ahvoli sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib kelingan. Biroq belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bu O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorning vafot etishi bilan bog‘liq sakkizinchi holatdir. Bungacha

vafot etgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1778 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 598 nafari esa sog‘aygan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv