Gvatemaladagi Tikal milliy bog‘iga yaguarlar qaytib keldi. Ularning surati Gvatemala Toifalangan hududlarni qo‘riqlash milliy kengashi va Tikal bog‘i ma’muriyati tomonidan e’lon qilindi, deb xabar beradi Publi News.

Foto: Publi News

Bog‘ xodimlarining ta’kidlashicha, ushbu yirtqichlar uzoq vaqt bu hududlarda bo‘lmagan va taxminlarga ko‘ra, ular koronavirus pandemiyasi oqibatida odamlar kelmay qo‘ygani sabab paydo bo‘la boshlagan.

“Biz junglida avval odamlar sabab bu yerlarda bo‘lmagan hayvonlarga duch kelmoqdamiz”, — deydi Gvatemala prezidenti Alexandro Jammattei.

https://www.instagram.com/p/B_SqfcyggTn/?utm_source=ig_embed

1973-yilda yaguar xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Hozirda mazkur yirtqich turi Lotin Amerikasidagi ko‘plab davlatlarda deyarli uchramaydi.

Qadimiy hindular shahri sharafiga nomlangan Tikal milliy bog‘i El-Peten provinsiyasida joylashgan. Unga 1955-yilda mayyalar arxitekturasi va o‘rmonlarning tropik ekotizimini saqlab qolish maqsadida asos solingan.

Ta’kidlash kerakki, ko‘plab odamlar karantinda bo‘lganligi sabab hayvonlar oldinlari borishga qo‘rqqan joylariga kelishni boshlagan. Masalan, Argentinadagi Mar-del-Plata kurort shahri ko‘chalarida dengiz arslonlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, pingvinlar bo‘shab qolgan Keyptaun ko‘chalarini o‘zlariniki qilib olgan.

Foto: Publi News

Foto: Publi News

Foto: Publi News