Twitter’da balkondan ko‘chadagi bolalarga qarab g‘amga botayotgan Big Poppa laqabli buldogning surati ommalashdi, deb yozadi TJournal.

Foto: Twitter

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni karantindan charchaganlik ramzi, deb e’lon qildi hamda kuchukcha yana do‘stlari bilan o‘ynay olishi uchun koronavirusga qarshi dori o‘ylab topishga chaqirdi.

“Big Poppa bugun juda g‘amgin. O‘ylashimcha, u avval birga o‘ynagan qo‘shni bolalarni sog‘inyapti. U hozir bolalarga balkondan qarab o‘tiribdi”

“Poppa’ga yangi to‘shak olib bergandim. Biroz kichigini olib qo‘yibman”

“U ishimni tugatishimni kutyapti. Har kecha shu ahvol!”

Kuchuk egasi 38 yoshli liboslar bo‘yicha rassom Ranshe Ellisning aytishicha, kuchukcha karantinni juda yomon o‘tkazyapti. U kun bo‘yi balkonga chiqib, odamlarga qarab o‘tiradi. Ko‘p uxlaydi, sekin harakatlanadi. Buldog avvalgidek quvnoq emas.

“U faqat men bilan o‘ynashdan charchadi, shekilli” — deydi Ellis.

Avvallari Ellis buldogni suratga olish jarayonlariga birga olib ketardi. Aktyorlar uni yaxshi ko‘rib, silardi. Biroq itning sevimli mashg‘uloti — qo‘shni bolalar bilan o‘ynash.

“U bolalarni juda yaxshi ko‘radi, keyin itlar va kattalarni, aynan shu tartibda”, — deydi Big Poppa’ning egasi.

Ellisning aytishicha, bir kuni u Poppa balkondan hovlida o‘ynayotgan aka-ukaga qarab o‘tirganini ko‘rib qolgan. “U qandaydir ovozlar chiqarib, bolalarning e’tiborini tortishga urindi. Lekin biz oltinchi qavatda yashaymiz. Bolalar Poppa’ning ovozini eshitmadi. Uning g‘amginligini ko‘rib, rasmga olishga qaror qildim”, — deydi Ellis.

Twitter foydalanuvchilari Poppa’ni shu qadar sevib qoldiki, ayrimlar uning uchun o‘lishga tayyorligini bildirdi.

Aktrisa Meysi Uilyams: “Dramatik bo‘lishni istamayman, lekin Poppa’ga jonimni berardim”

“Poppa’ni taniganimga yarim daqiqa bo‘ldi, lekin unga nimadir bo‘lsa, mana shu xonadagi hammani, keyin o‘zimni o‘ldiraman”

“Men Big Poppa’ga shu qadar o‘rganib qoldimki, bu mening jiddiy munosabat qurishimga xalaqit beryapti”

Boshqalar g‘amgin itning suratini ko‘rib yig‘lab yuborganini yozgan.

“Men yig‘layapman, chunki men hech qachon ko‘rmagan it g‘am chekmoqda”

“Hazillashmayapman, lekin bu rasmni o‘z tasmamda ko‘rganimdan keyin yig‘lab yubordim. Big Poppa, dunyo sen bilan shunday yo‘l tutganidan afsusdaman”

Yana birovlar Big Poppa’ning muammolariga butun dunyo aybdor ekanini bildirgan.

“Biz Big Poppa uchun buning hammasini yengib o‘tishimiz kerak”. “Big Poppa’ga ozor bergan dunyoni ko‘rishga ko‘zim yo‘q”.

Foydalanuvchilar boshqalardan buldog tezroq bolalar bilan o‘ynay olishi uchun ijtimoiy masofa saqlashni talab qildi.

“Big Poppa uchun uyda qoling”

“Iltimos, biz buni yengib o‘tib, Big Poppa yana do‘stlari bilan o‘ynay olishi uchun ijtimoy masofa saqlang”

“Agar karantinni buzayotgan bo‘lsangiz, Big Poppa’ni yanada g‘amgin qilgan bo‘lasiz”

“Umid qilamanki, karantinni buzayotganingizda Big Poppa bilan nima qilayotganingiz haqida o‘ylaysiz”

“Bu yerda ertalabki qahvam bilan o‘tirib, Big Poppa’ga qayerdan do‘st topa olishimiz mumkinligi haqida o‘ylayapman”

“Koronavirus bo‘yicha afzalliklarim Big Poppa’ga nima yaxshi bo‘lishi bilan o‘rin almashdi”

Buldog tufayli koronavirusga qarshi dorini ham izlay boshlashdi.

“Kimdir uning rasmini virusga ko‘rsatsin. U Big Poppa’ni yana baxtli qilish uchun bu yerdan o‘zi ketadi”

“Agar bu Big Poppa’ni yana xursand qilishga yordam bersa, dorini o‘zim topganim bo‘lsin”

“Mening kuchukcham ham o‘zini xuddi shunday his etmoqda”

“Men boshlang‘ich maktab ro‘parasida turaman. Pandemiya tufayli u yopilganidan buyon itim bolalar bilan o‘ynashni sog‘inyapti”

Beyli: “Salom do‘stim, men bularning barchasiga kunduzgi uyqu va quchoqlashishlar tufayli bardosh beryapman”

“Ey Xudoyim, u idealning o‘zginasi! Kartoshka ham do‘stlarini sog‘inyapti”

“Mening buldogim ham biroz zerikyapti. Biroq karantin quchoqlari bilan rohatlanmoqda”

Ellis itining rasmiga bunday reaksiyadan hayratda ekanligini va buning taxminiy sababi nimada ekanligini yozib qoldirgan.

“O‘ylashimcha, odamlar bu rasmga qaraganida it nimani his etayotganini yaxshi tushunadi. Biz avval qilgan ishlarimizni qila olmayapmiz, do‘stlarimiz bilan uchrasha olmayapmiz.  Bizning ichki hissiyotlarimiz yoqimtoy buldogda o‘z aksini topdi. Siz olamni faqat uning uchun emas, balki o‘zingiz uchun ham o‘zgartirmoqchisiz. Chunki biz hammamiz shunday vaziyatdamiz”, — deb yozadi Ellis.