AQSh Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq etish milliy boshqarmasi Xalqaro kosmik stansiya parvozining tezligini ma’lum qildi. Bu boradagi tegishli video NASA’ning Twitter’dagi sahifasiga joylashtirilgan.

Skrinshot: Twitter

NASA Xalqaro kosmik stansiyaning tezligini samolyotlar tezligi bilan taqqosladi.

“Samolyotlar tezligi soatiga 966 kilometrga yetadi, Xalqaro kosmik stansiya esa Yer atrofida soatiga 28 164 kilometr tezlikda harakatlanadi”, — deyiladi xabarda.

NASA’ning qo‘shimcha qilishicha, stansiya osmonda uchayotgan juda yorqin yulduzga o‘xshaydi.