O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon Ramazon oyida ta’sirli qo‘shiq va unga ishlangan videoklipni muxlislariga taqdim etdi.

Foto: Instagram / @sardor_rahimxon

Qo‘shiq “Balki bu sen uchun so‘nggi kuningdir” deb nomlanadi.

“Ramazonga atab tayyorlagan hadyamizni qabul qiling. Allohim qilgan ishimizni ikki dunyoda xayrli ishlardan qilsin, hamma shu klipga hissasi qo‘shilgan azizlarimizdan Yaratgan Alloh rozi bo‘lsin. Ko‘rib baho bering, duolaringizdan umidvormiz. Barcha muammolarimiz yechimi Allohga qaytishlik bilan”, — deb yozadi Sardor Rahimxon.