29-aprel, chorshanba kuni, Samarqand viloyati hududida bir necha soat davomida kuchli yomg‘ir yog‘di. Bulung‘ur tumanining ayrim turar joy massivlarida kuchli yomg‘ir oqibatida uylarni suv bosdi. Bu haqda Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bergan.

Foto: Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Xabarga ko‘ra, Samarqand viloyati FVB xodimlari aholi yashash joylarida surunkali yomg‘ir oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan.

Foto: Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Foto: Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Foto: Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Avvalroq Samarqandda do‘l aralash yomg‘ir yog‘gani sabab suv toshqini sodir bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Avval Buxoroga 27-aprel oqshomida yopirilgan kuchli shamol oqibatida kamida 41 kishi tan jarohati olgan, Buxoro shahrida yashovchi bir kishi vafot etgani, uning ustiga dastlab daraxt ag‘darilgan, so‘ng u elektr simiga o‘ralashib qolib, voqea joyida halok bo‘lgani, shuningdek, kuchli shamol va yomg‘ir tufayli 120 ta gaz quvuri va gaz ta’minoti tizimining boshqa obyektlariga talafot yetgani oqibatida salkam 140 ming xonadon vaqtincha gaz ta’minotidan uzilib qolgani, keyinchalik ushbu xonadonlarga gaz qayta ulab berilgani, Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel, seshanba kuni, Buxoro viloyatiga tashrifi davomida kuchli shamol oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan Olot tumani markazida faollar bilan uchrashgan, u yerda aholiga har tomonlama ko‘maklashish haqida topshiriq bergani haqida xabar qilingandi.