Shahzoda Garri va Megan Markl sensatsion biografik kitob yozish uchun ikki jurnalist — Omid Skobi va Kerolin Dyuranni yolladi, deb xabar berdi The Sun.

Foto: The Sun

Kitobning ishchi nomi: Thoroughly modern royals: The real world of Harry and Meghan (Zamonaviy qirollik oilasi a’zolari haqida batafsil: Garri va Meganning real olami). Kitob 300 betdan ortiq bo‘ladi. U 2020-yilning avgustida sotuvga chiqariladi.

Er-xotin qirollik qasridagi 2018-yilning mayida to‘ylaridan keyin boshlangan hayotlari haqidagi barcha haqiqatlarni so‘zlab beradi.

Garri va Megan bu haqiqatlar Britaniya qirollik oilasida janjal keltirib chiqarishi mumkinligini inkor etmayapti.